Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida Dexradundan Varanasiga ketayotgan yo‘lovchi poyezdininig lokomotivi va ikkita vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi va 150 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, avariyaga tormozdagi nosozlik sabab bo‘lgan. Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Shtat ma’muriyati halok bo‘lganlarning har birining oilasiga 100 ming rupiya (1,6 ming dollar) dan, jabrlanganlarga 50 ming rupiya (800 dollar) dan tovon puli to‘lashini e’lon qildi.
Izoh (0)