2014-yil dekabr oyida Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida joylashgan “Arab-Cho‘l Xitoy” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, shamol erroziyasiga qarshi funksiyani bajaruvchi 3 tup tol daraxti kesilib, o‘simlik dunyosiga zarar yetkazildi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Shu kabi “Sotvoldi Hakimov” fermer xo‘jaligi rahbari hamda “Abdurazzoq Xofiz” fermer xo‘jaligi ishchisi ham 2 tupdan tol daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesib yuborgan.
Bundan tashqari, 2014-yil oktabr–dekabr oylarida tumandagi “Mirzaobod lochinlari” MMTP hududida joylashgan “Ziroatchi Baliqchi” fermer xo‘jaligidagi atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, shamol erroziyasiga qarshi ekilgan 213 tup tol va qayrag‘och daraxtlari qonunga xilof ravishda kesib tashlanib, o‘simlik dunyosiga 84 million 500 ming so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan.
Manbada qayd etilishicha, ushbu holatlar yuzasidan aybdorlarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rilgan.
Izoh (0)