Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi va Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda juda katta miqdordagi soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagani aniqlandi, deb xabar bermoqda “Huquq” nashri.
Shuningdek, ushbu shaxslar tomonidan import qilingan 2 milliard 284 million 718 ming so‘mlik uyali telefon ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda bank tamg‘asi va imzo qalbakilashtirilgan soxta shartnomalar taqdim qilingani, savdodan tushgan 1 milliard so‘m naqd pul bankka topshirilmay, Davlat soliq inspeksiyasida aks ettirilmagan holda byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 50 million so‘mlik yagona soliqlar qasddan to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Tadbir yakunida chet elda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 10 ming 200 ta, bahosi 600 million so‘mdan ziyod bo‘lgan uyali telefon ehtiyot qismlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Izoh (0)