2015-yil 16-mart kuni uch noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaroning uyiga bostirib kirib, u yerdan katta miqdordagi pullarni olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Nukus shahrida yashovchi uch nafar shaxs sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchilar “issiq izida” qo‘lga olindi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)