“Al Ayn” klubi bosh murabbiyi Zlatko Dalich “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Yaxshi o‘yin ko‘rsatish va ijobiy natija qayd etish uchun Toshkentga keldik. Durang ham bizni qoniqtiradi, ammo biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
‘Paxtakor’ guruhda birinchi o‘rinda ketmoqda. Kuchli klubga qarshi o‘ynaymiz. Guruhda hali hech nima hal bo‘lgani yo‘q. Guruhda bir yoki ikkinchi o‘rinni olib, keyingi bosqichga chiqmoqchimiz. Bizda o‘yin grafigi juda ham tig‘iz. Ammo OChLda bu bahona bo‘la olmaydi. Jamoam yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga umid qilaman va ularga ishonaman.
Biz guruh bosqichida 9 ochko to‘plamoqchimiz. Safardami yoki uydami buning farqi yo‘q. 9 ochko guruhdan chiqish uchun yetarli bo‘lsa kerak”, – dedi Zlatko Dalich.
Izoh (0)