O‘zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB Korrupsiya, tovlamachilik va reketga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida Andijon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro o‘zini qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari yordamchisi deb tanishtirib, fermerlarga imtiyozli kredit olishda yordam berishini va’da qilib, katta miqdordagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
U o‘zini qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari yordamchisi deb tanishtirib, viloyatdan kelgan fermerlar ishonchiga kirib, kam foizli imtiyozli kredit olib berishi evaziga fermerlardan moddiy rag‘batlantirish sifatida ma’lum miqdordagi pul mablag‘ini tovlamachilik yo‘li bilan olgan.
Yuqoridagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)