Toshkent shahri Sirg‘ali tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari 22 yoshli qizning yordam so‘rab qilgan chaqirig‘iga javoban yordamga oshiqdi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘chada ketayotgan vaqtda noma’lum erkak yo‘ldan chiqib, uning bo‘ynidagi qimmatbaho taqinchoqni yulib olgan va qochib ketgan.
Biroq bezori uzoqqa qocha olmadi. Huquq muhofazachilarining tezkorligi evaziga u ashyovil dalil bilan qo‘lga olindi. U 1978-yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida yashovchi kishi bo‘lib chiqdi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)