Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashuv doirasida o‘tgan haftada qator OAVlarda uning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida tarqalgan xabarlarni mish-mish deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Atambayev bilan uchrashuv oldidan Putinning o‘zi mashina ruliga o‘tirib, hamkasbiga Konstantin saroyi bog‘ini ko‘rsatgan. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ham jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Prezidentlarning uchrashuvi Sankt-Peteburgda o‘tkazilishiga izoh bergan Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu Atambayevning qizi ushbu shaharda o‘qishi bilan bog‘liqligini, Putin va Atambayevning tashrif rejalari to‘g‘ri kelib qolganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)