2014-2015-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni kollejga qabul qilish jarayonida tashvishlari ko‘payib qolgan direktor xonasida olgan uyi uchun bankka kredit foizini to‘lash kerakligi haqida o‘ylab o‘tirgan edi. Bu haqda Buxoro viloyat prokuraturasi bo‘lim AMIB tergovchisi axborotiga tayanib, “Huquq” gazetasi xabar berdi.
Shu vaqt eshik taqillab, kirib kelgan ayol qizining iqtidori borligini aytib, qayta imtihon qilishlarini so‘radi. Rad javobini eshitib, xonani tark etgan ayol Gazli shahridagi musiqa maktabi direktori bilan suhbat orasida qizining kollej talabasi bo‘la olmaganini aytdi. Shunda maktab direktori kollej rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, Gazli shahrida kadrlar yetishmayotgani, bu qiz o‘qishga kirsa, yaxshi bo‘lishini aytdi.
2014-yil 17-iyul kuni ona kollej rahbarining xizmat xonasiga kirib, 200 AQSh dollari tutqazdi. Kredit foizidan qutulishini o‘ylab, xursand bo‘lgan direktorning qilmishi ko‘p o‘tmay fosh etildi.
Izoh (0)