O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 1-2-mart kunlari qutlug‘ 65 yoshini “Istiqlol” san’at saroyida muxlislari va hamkasblari davrasida nishonladi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
G‘ulomjon Yoqubovning “Seni qo‘msayman” nomli konsert dasturi “Comedy.uz” rezidentlarining chiqishlari bilan boshlandi. So‘ng parda ko‘tarilib, “Vatan qolur” nomli qo‘shiq jarang sochdi.
Muxlislari bilan salom-alikni o‘rniga qo‘ygan G‘ulomjon Yoqubov telefonlarni o‘chirib qo‘yishni so‘rab, konsert “uzo-o-oq davom etishi”ni ta’kidladi, deyiladi manbada.
Izoh (0)