2015-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Norvegiya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Leydulv Atle Namtvedtni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Norvegiya bir-biriga Yevropa va Markaziy Osiyodagi istiqbolli sheriklar sifatida qarashi hamda ikki tomon manfaatiga asoslangan aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanligi qayd etildi.
Muloqot davomida turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni muvofiqlashtirish imkonini yaratuvchi siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)