Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasining syezdida davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini bilish majburiy bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
“Davlat xizmatida ingliz tilini bilish majburiyati masalasi qo‘yiladi. Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, hozirning o‘zida buni uddalay olmaymiz. Bu shunchaki injiqlik emas, hozir qancha transmilliy kompaniyalar ishlayotganiga e’tibor bering”, − dedi Nazarboyev.Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun ularning tilini bilish zarur. Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti “Bolashak” dasturi bo‘yicha xorijda o‘qib kelgan yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish lozimligini ma’lum qildi.
Izoh (0)