Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Yukio Xatoyama Qrimga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. U Yaponiyaning hozirgi hukumatining qarshiligiga qaramay bu ishni bajarmoqchi.
Qayd etilishicha, Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Qrim aholisi yarimorolning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishiga qanday munosabatdaligini aniqlamoqchi. Xatoyamaning Qrimga tashrifi seshanbadan payshanbagacha davom etishi ma’lum qilingan.
Yaponiyaning amaldagi hukumati Rossiya Xatoyamaning tashrifidan Qrimning bosib olinishini oqlash uchun foydalanishidan xavotirda.
Izoh (0)