Kot d’Ivuarning sobiq birinchi xonimi Simona Gbagbo sud qarori bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Sobiq prezidentning rafiqasi mamlakat xavfsizligiga rahna solishga urinishda ayblangan. Simona Gbagbo Abdijanda sud oldida javob berishi 2014-yil dekabrda ma’lum bo‘lgan edi.
Loran Gbagbo 2010-yilda Kot d’Ivuar prezidenti saylovida Alassan Uattarga mag‘lub bo‘lgan. keyinroq, mamlakatning konstitutsiyaviy kengashi saylov natijalarini bekor qilgan va Gbagbo prezident bo‘lib qolgan. Biroq 2011-yil aprel oyida u rafiqasi bilan birgalikda hibsga olingan.
Izoh (0)