Rossiyalik 15 yoshli sportchi qiz Maryana Naumova Arnold Shvarseneggerdan AQSh prezidenti bo‘lib, Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilashni so‘radi, deb xabar bermoqda “Argumenti i fakti”.
Naumova Ogayo shtatida Shvarsenegger tomonidan tashkillashtirilgan ArnoldBenchBach musobaqasida ishtirok etib, 150 kilogrammlik shtangani ko‘tardi va bu borada o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon rekordini yangiladi.
Sportchi qizning so‘zlariga ko‘ra, Shvarsenegger uning so‘zlarini diqqat bilan tinglagan va uning iltimosi yuzasidan ishlashga va’da bergan. Shuningdek, u taniqli aktyorga donbasslik bolalarning maktubini topshirgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)