AQShning Yuta shtatida daryoga qulagan mashina ichidan u yerda xavfsizlik kamari bog‘lanib, teskari holatda 14 soat qolib ketgan 1,5 yoshli qizcha qutqarib olindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
18 oylik go‘dak Solt-Leyk-Siti shahridagi shifoxonaga olib kelingan, shifokorlar uning ahvolini barqaror yomon deb baholagan. Uning 25 yoshli onasi avtomobil rulida o‘lik holda topilgan.
Yuta shtatidagi Provo tumani aholisi politsiyaga g‘alati shovqin eshitilgani haqida xabar bergan. Ular yon-atrofda hech narsani ko‘rmagan. Biroq ertasiga baliqchi daryoda ag‘darilib yotgan mashinani payqagan. Suv avtomobilga sizib kirib, kuzov tarafda to‘plangan va qizchaga tegmagan.
Izoh (0)