AQShning Arizona shtatidagi Skottsdeyl shahrida yashovchi Din Smit bir yil davomida har kuni maxfiy ravishda o‘z sevgilisi Jenniferning qo‘lini so‘radi, deb xabar bermoqda Meduza.
Jennifer uni ko‘rmay turganda Din qo‘lida sevgi izhori v asana yozilgan taxtacha bilan o‘zini videoga olgan. Lavhalar har xil vaziyatlarda – mashinada, dushda, nonushta ustida, ish, mutolaa vaqtida tushirilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=RJdUoiGsu64
Smit dastlabki videoni 2014-yil 8-yanvarda – Jenniferning tug‘ilgan kunida olgan. Roppa-rosa bir yildan keyin juftlik qarindoshlari bilan Karib dengizidagi Aruba orolida dam olayotgan vaqtda qizga barcha 365 ta videolavhani ko‘rsatishgan. Rolik tugagach, Smit rasman Jenniferning qo‘lini so‘ragan.
Izoh (0)