Hindistonning Chandigar shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumidagi sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Sarvar Ikromov himoya qilayotgandi.
Sarvar birinchi bosqichda hindistonlik Ankit Sachdevani ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida taslim etgandi. Biroq u chorak finalga chiqa olmadi. Ikromovning kichik jarohati sabab uning raqibi – turnirning uchinchi raketkasi ispaniyalik David Peres kurashsiz keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Izoh (0)