2015-yil 5-mart kuni Toshkent teleminorasi yaqinida Lacetti rusumidagi avtomobil qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Guruhga qo‘yilgan fotosuratlarda yonayotgan Lacetti’ni ushbu hodisa sodir bo‘lgan joydan o‘tib ketayotgan suv sepuvchi mashina o‘chirishga yordam berganini ko‘rish mumkin.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchi mashina yetib kelguncha suv sepuvchi mashina haydovchisi yong‘inni o‘chirib, o‘z ishini davom ettirish uchun jo‘nab ketgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)