“Al-Ahli” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanining birinchi qismida Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Bugungi o‘yinda o‘yin bobida yutqazmadik, ammo hisobda yutqazdik, – dedi Ro‘ziqul Berdiyev. – O‘yin davomida yigitlarga hushyorlikni yo‘qotmaslikni aytgandim, o‘sha hushyorlik yo‘qotilgan paytda ikki marta darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik.
Biz bu o‘yinlarda bo‘shashmay o‘ynashimiz kerak. 90 daqiqa diqqatni bir joyga qo‘yib o‘ynashimiz kerak. Har bir o‘yinimizning birinchi bo‘limida, asosan, himoyaga e’tibor qaratyapmiz, ikkinchi bo‘limda o‘yinda o‘zgarish yasab, hujumlarga o‘tyapmiz. Shuning uchun birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmagandek ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin. Bugungi o‘yinda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin hujumga o‘tishga majbur bo‘ldik. Shuning uchun o‘yin davomida taktikamizni o‘zgartirib turishga majbur bo‘ldik. Keyingi uchrashuvlarda bundanda mazmunliroq o‘yinlarimizni ko‘rsatamiz, degan umiddaman”.
Izoh (0)