2014-yil oxirida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan amnistiya 42 nafar xorijiy davlatlar fuqarolariga nisbatan ham qo‘llanildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Amnistiya aktiga binoan ozodlikka chiqarilgan xorijliklarning 11 nafari Qozog‘iston, 10 nafari Tojikiston, 9 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning noyabr oyida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan amnistiya akti 52498 nafar shaxsga nisbatan qo‘llanilgan. Jumladan, 3289 kishi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan. Qolganlarning jazo mudddatlari qisqartirilgan, boshqalariga nisbatan jinoyat ishlari to‘xtatilgan.
Izoh (0)