Ispaniya kubogining yarim final bosqichidan o‘rin olgan “Vilyarreal” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi javob uchrashuvi xuddi dastlabki o‘yindagi kabi, 1:3 hisobi qayd etilib, bu safar ham kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Dastlab, o‘yinning 3-daqiqasidayoq Neymar mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 36-daqiqa o‘tgach, dos Santos javob golini kiritdi.
Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasiga kelib, Luis Suares Asenxo darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol etdi. Nihoyat, 88-daqiqada Neymar dublga mualliflik qilib, yakuniy 1:3 natijasini o‘rnatdi.
Demak, “Barsa” javob o‘yinida ham qiyinchiliksiz “Vilyarreal”ni yengib, Ispaniya kubogining finaliga yo‘l oldi.
Ispaniya kubogi. 1/2 final. Javob uchrashuvi
Vilyarreal – Barselona 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 3 Neymar, 1:1 – 39 Dos Santos, 1:2 – 73 Suares, 1:3 – 88 Neymar.
Vilyarreal – Asenxo, Kosta, Mario Gaspar, Musakko, Ruis, Dos Santos, Pina, Trigeros (Gomes, 75), Cherыshev (Kempbell, 69), Uche (dos Santos, 62), Vetto.
Barselona – ter Stegen, Montoyya, Buskets (Mate, 42), Pike, Alba, Rafinya (Xavi, 65), Maskerano (Rakitich, 76), Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Dos Santos (36), Cherishev (38), Pike (50), Kempbell (82).
Chetlatish: Pina (65).
Izoh (0)