Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Geynrix nima sababdan “Lokomotiv”dan ketishga qaror qilganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Men ‘Lokomotiv’ bilan Toshkentdagi yig‘inda ishtirok etdim. Ammo u yerda rahbariyat bilan kelishmovchilik bo‘lgani uchun ikki tomonning roziligiga ko‘ra shartnomani bekor qilishga qaror qildik.
Shundan so‘ng Toshkentda mustaqil ravishda mashg‘ulot o‘tab turdim. Chimkentdan tushgan taklifga bajonidil rozi bo‘ldim. Chunki ‘Ordabasi’ bilan Yevropa ligasida o‘ynashni o‘zim uchun ulkan muvaffaqiyat deb bilaman. Bu men uchun katta ishtiyoq beradi. Yevrokuboklarda ishtirok etish jamoa bilan bir qatorda futbolchiga ham ulkan imkoniyat beradi”, – dedi Geynrix.
Izoh (0)