Uoll-Stritning eng keksa investori Irving Kan Nyu-Yorkda 109 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “RBK”. U o‘zining ilk mablag‘ini 1929-yilgi iqtisodiy inqiroz paytida ishlab topgani qayd etilgan.
The New York Times xabariga ko‘ra, Kan 24-fevral kuni Manxettendagi hashamatli Yuqori Ist-Sayd mavzesida joylashgan uyida vafot etgan. Oilasi buni 25-fevral kuni tasdiqlagan.
Uning o‘zi asos solgan Kahn Brothers Group kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, menejeralari umumiy qiymati 1 milliard dollarlik jamg‘armalarni boshqaradi. Kompaniya aksiyalarining umumiy qiymati esa 580 million dollarga baholangan.
Izoh (0)