Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoylik sayyoh budda rohiblariga iPhone 6’ni xayriya qilmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Daily Mail. Hodisa Xitoyning Guandun provinsiyasi Foshan shahridagi ibodatxonada ro‘y berdi.

Foto: dailymail.co.uk

Foto: dailymail.co.uk

31 yoshli Sun Chu xayriya qutisiga pul emas, o‘z smartfonini tashladi, biroq rohiblar uni olib, o‘z egasiga qaytarib berdi. Ular faqat pulli xayriyalarni qabul qilishi va ularni ta’mirlash ishlariga sarflashini aytib, telefonlardan umuman foydalana olmasligini ta’kidladi.

O‘z xatosini tekislab yuborish uchun sayohatchi o‘zida bo‘lgan barcha pullarini berib yubordi va rohiblardan uzr so‘radi. Biroq Chuning xayriya qutisiga iPhone tashlayotgani voqea guvohlaridan biri tomonidan kameraga muhrlandi va ushbu surat internetda ommalashib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak