Gollivudning eng boy rejissyor va prodyuserlari o‘nligining umumiy boyligi 20 milliard dollardan ortadi, deb yozadi “Vesti Ekonomika”. E’tiboringizga Wealth-X tomonidan e’lon qilingan ushbu reytingni havola etamiz.
10. Jeyms Kemeron
Ssenarist va rejissyor Devid Kemeronning eng mashhur filmlari orasida “Titanik”, “Avatar” va “Terminator” bor. Uning boyligi 670 million dollarga baholangan.9. Stiv Tish
720 million dollar boylikka ega Stiv Tish “Forrest Gamp” filmi orqali yaxshi tanish.8. Jerri Brukxaymer
“Karib dengizi qaroqchilari” va “Beverli-Xillz politsiyachilari” filmlari orqali tanilgan Brukxaymerning boyligi 850 million dollarga baholangan.7. Tomas Tull
Legendary Pictures kinostudiyasining ijrochi direktorining 870 million dollarlik boyligi bor. “Spartalik 300 bahodir” uning studiyasi mahsulotidir.6. Jeffri Kattsenberg
“Qirol sher” va “Shrek” multfilmlari bilan tanilgan Dreamwork Animations ijrochi direktorining boyligi 910 million dollarga baholangan.5. Rayan Kavano
“Ijtimoiy tarmoq”, “Fakerlar bilan tanishuv” filmlarini moliyalashtirgan Relativity studiyasi asoschisi 1 milliard dollarga ega.4. Ostin Xerst
“Qasam” filmi orqali tanish Xerstning boyligi 1,9 milliard dollarga baholangan.3. Stiven Spilberg
30 dan ortiq filmni suratga olgan Spilberg 3,3 milliard dollar boylikka ega.2. Arnon Milchan
New Regency Productions kompaniyasi asoschisining boyligi 5,2 milliard dollarga baholanadi.1. Jorj Lukas
“Yulduz urushlari” va “Indiana Jons” orqali mashhur bo‘lgan Lukasning mablag‘i 5,4 milliard dollarga baholangan.
Izoh (0)