“Al-Hilol” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“O‘yin biz uchun qiyin bo‘ldi. Biz kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Hisobni qisqartirganimizdan keyin ijobiy natijaga erishish uchun katta kuch bilan oldinga tashlandik. Ammo ‘Al-Hilol’ bunga imkon bermadi va o‘zi uchinchi golni urdi. Shundan keyin o‘yin yakuniga yetdi.
O‘yin videoyozuvini o‘rganib chiqamiz. Bu bizning mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinimiz edi. ‘Al-Hilol’ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yinida hammasi joyida bo‘ladi. Biz g‘alabaga erishamiz”, – dedi Vadim Abramov.
Izoh (0)