BAAning Dubay shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 2 million 503 ming 810 AQSh dollaridan iborat yirik tennis turniri Denis Istomin uchun muddatidan avval yakunlandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Dubai duty Free Tennis Championships musobaqasining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi.
Ukrainalik Sergey Staxovskiyga qarshi kortga chiqqan Istomin 1 soat-u 42 daqiqa davom etgan bahsda 4:6, 6:3, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Staxovskiy dunyo reytingida 53, Istomin esa 65-pog‘onadan joy olib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin Dubay turnirining ilk bosqichida dunyoning 14-raketkasi latviyalik Ernest Gulbisdan 7:5, 6:2 hisobida ustun kelgandi.
Izoh (0)