Tug‘ma kasalliklardan aziyat chekkan, o‘tgan yili Germaniyaga davolanish uchun ketgan 13 nafar bola O‘zbekistonga sog‘lom bo‘lib qaytdi. Ular “Toshkent” xalqaro aeroportida kutib olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi 2002-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Friedensdorf International xalqaro tashkiloti (GFR) bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalarning nogiron va bemor bolalarini sog‘lomlashtirish loyihalarini hayotga tatbiq etmoqda. Masalan, Sog‘lom bola yilida tug‘ma yuz-jag‘ nuqsoni bo‘lgan 255 nafar va tug‘ma ortopedik kasalliklari mavjud yana shuncha o‘g‘il-qiz operatsiya qilindi. 250 nafardan ziyod bola davolanish va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga yuborilgan edi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi vakillarining ma’lum qilishicha, 18-fevral kuni bir guruh tug‘ma kasal bolalar bepul davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)