23-fevral kuni charter reys orqali Eronning “Traktorsozi” klubi kech soat 18:00 da Qarshiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Mehmonlar tarkibi 48 kishidan iborat, kutilganidek jamoa tarkibidagi ikki legioner futbolchi Eder Luchiano va Issa Ndoyelar ham bor. Shuningdek, Eron milliy terma jamoasi a’zosi Andrianik Taymuryan ham jamoa bilan birga Qarshiga keldi.
Klub rasmiy sayti ham bu haqda xabar berdi. “Biz Qarshiga kech soat 18:00 da yetib keldik, Qarshi shahri bizni kuchli qor bilan kutib oldi, hammamiz shokka tushib qoldik”,− deyiladi xabarda.
Ayni paytda Qarshi shahrida qor yog‘ishi to‘xtadi. Yoqqan qor erishda davom etmoqda. Havo harorati sovuq emas. Ammo stadion xodimlari ancha mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek mehmonlar kecha Qarshidagi “Geolog” stadionini ham ko‘zdan kechirishgan. Ularning bu yerda mashg‘ulotlar o‘tkazishi muljallangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 11:00 da har ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida miting va 12:00 da o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
“Nasaf” PFK matbuot xizmatida ham ish juda qizg‘in, OAVlarning akkreditatsiya kartochkalari ham kechadan tarqatila boshlandi. Xullas, o‘yin uchun hamma narsa tayyor, faqat futbol bayramiga ob-havo yo‘l qo‘yib bersa bo‘ldi.
Izoh (0)