Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichida 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Sayyoraning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o‘tayotgan nufuzli musobaqada 2004-yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Olamsport.com.
Kecha, 23-fevral kuni o‘tkazilgan 8-turda Rustam Qosimjonov oq donalarda o‘ynashiga qaramay, autsayder bo‘lib turgan rossiyalik Dmitriy Andreykinning qarshiligini sindira olmadi. Tomonlar 31-yurishdan so‘ng murosaga kelishdi.
Ushbu durangdan so‘ng Rustam Qosimjonov 4,5 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. To‘rtinchi pog‘onada borayotgan ozarbayjonlik Teymur Rajabov hisobida ham 4 ochko bor. Peshqadam Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) kechagi g‘alabadan so‘ng hisobidagi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi.
FIDE Gran-prisi:
3-bosqich. 8-tur natijalari:
- Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – Dmitriy Andreykin (Rossiya): 0,5:0,5;
- Vashye-Lagrav – Tomashevskiy: 0-1;
- Svidler – Jobava 0-1;
- Dominges – Yakovenko, Rajabov – Mamadiyarov, Giri – Grishchuk partiyalarida durang natija qayd etildi.
- 1. Tomashevskiy – 6;
- 2. Yakovenko – 5;
- 3-4. Qosimjonov, Rajabov – 4,5;
- 5-8. Jobava, Mamadiyarov, Giri, Dominges – 4;
- 9. Grishchuk – 3,5;
- 10-11. Vashye-Lagrav, Svidler – 3;
- 12. Andreykin – 2,5.
Izoh (0)