O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘quvchilarni imtihonlardan ozod qilishga sabab bo‘luvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Ro‘yxat o‘quvchilarga oraliq imtihonlar va yakuniy davlat attestatsiyalaridan ozod bo‘lish huquqini beradi. Qandli diabetdan tashqari ro‘yxatdan oshqozon yarasi, sil, anemiya, jami 55 ta kasallik o‘rin olgan.
O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari to‘g‘risidagi Nizomning 16-moddasiga binoan, o‘quvchilar oraliq va bitiruv imtihonlaridan kasalliklar bo‘yicha tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra ozod qilinishi mumkin.
Izoh (0)