“O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tgan 2014-yil davomida tizimdagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan jami 536 dona zamonaviy yo‘l qurilish texnikasi xarid qilindi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Kompaniyaning avtomobillar yo‘llaridan foydalanishni transport, mexanizatsiya va texnik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Alisher Amirovning xabar berishicha, 310 dona texnika Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, lizing shartnomalariga asosan 118 dona texnika, bank kreditlari mablag‘lari hisobidan esa 108 ta texnika xarid qilingan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, sotib olingan texnikalar asosan O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular ichida MAN rusumidagi 113 dona samosval, 38 dona maxsus kombinatsiyalangan yo‘l-qurilish mashinasi, Isuzu rusumiga mansub 32 dona shassi avtogudronator va 14 dona avtokran, 29 dona NEW-Holland belgisi ostidagi yuk ko‘taruvchi ekskavator va ko‘plab boshqa ixtisoslashgan texnikalar ham talay. Sotib olingan texnikalar ichida O‘zbekistondagi yagona nusxada bo‘lgan, Samarqanddagi MAN zavodida ishlab chiqarilgan yo‘l chiziqlarini chizishga ixtisoslashgan mashina ham bor.
Tabiiyki, sotib olingan bu texnikalar O‘zbekistondagi avtomobil yo’llarining yanada ravon va zamonaviy bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Izoh (0)