2015-yil 22-fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumani Xo‘jaobod QFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Andijon” kanali yoqasidan 53 yoshli mahalliy aholiga mansub ayolning, uning kelini va nabirasining qotillik alomatlari bilan jasadlari topilgan, deb xabar bermoqda IIV Matbuot xizmati.
Shuningdek, voqea joyidan marhumaning o‘g‘liga tegishli Nexia avtomashinasi ham topilgan.
Norin tumani ichki xodimlari tomonidan viloyat IIB kuch-vositalarining faol yordami tufayli amalga oshirilgan tezkor-qidiruv va tergov harakatlari natijasida, voqea sodir bo‘lgan kunning ertasigayoq, mazkur jinoyatni Norin tumanida yashovchi to‘rt nafar shaxs jabrlanuvchining uyiga bosqinchilik hujumi orqali amalga oshirganliklari “issiq izida” fosh etildi.
O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida gumonlanuvchilarning biri uyidan marhumaga tegishli daliliy ashyolar topilgan. To‘rt nafar gumonlanuvchilarning barchasi qo‘lga olingan va ichki ishlar idorasiga olib kelingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)