KXDR AQSh va Janubiy Koreya 2-mart kuni boshlashni rejalashtirayotgan Key Resolve va Toksuri − Foul Eagle qo‘shma harbiy yig‘inlariga tegishli javob qaytarish bilan tahdid qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Key Resolve va Toksuri − Foul Eagle qo‘shma harbiy yig‘inlari mudofaaga yo‘naltirilmagan, bu zo‘ravon harbiy provokatsiya”, − deb yozadi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining “Nodon sinmun” gazetasi.
Gazetaning ta’kidlashicha, diplomatiya va muloqot uchun imkoniyat boy berilgan. Endi faqat tutib turish va harbiy javob berish qoldi, deb yozadi nashr.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat aholisini urushning istalgan turiga tayyor turishga chaqirgan edi.
Izoh (0)