Dubay shahrida mukofot jamg‘armasi 2 503 810 AQSh dollarini tashkil qilgan yirik xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslari boshlandi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Denis Istomin birinchi davrada dunyo reytingida 14-o‘rinni egallab turgan Ernest Gulbis (Latviya)ga qarshi kortga chiqdi. Bir soat 33 daqiqa davom etgan bahsda Denis Istomin 7-5, 6-2 hisobida zafar quchdi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiryapti.Endi Denis Istomin ikkinchi davrada chexiyalik Lukash Rosol hamda ukrainalik Sergey Staxovskiy juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi mazkur xalqaro turnirning juftliklar musobaqasida ham ishtirok etmoqda. Qozog‘istonlik sherigi Andrey Golubev bilan bahslarga kirishadigan Denis Istomin birinchi davrada Robert Lindstedt (Shvetsiya) / Marsin Matkovski (Polsha) duetiga qarshi kortga tushadi.
Izoh (0)