Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Chexiya janubi-sharqidagi Ugerski-Brod shahrida joylashgan “Drujba” restoranida noma’lum qurollangan kishi o‘t ochdi, deya xabar bermoqda Interfax Chexiya televideniyesiga tayanib. Natijada kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Yaralanganlar soni ma’lum qilinmayapti.

Foto: delfi.lt

Foto: delfi.lt

Ta’kidlanishicha, kamida 25 marta o‘q ovozi eshitilgan. Bu paytda restoranda taxminan 20 kishi bo‘lgan.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan, boshqa xabarlarda esa uning maxsus bo‘linma askarlari tomonidan otib tashlangani aytilmoqda. Hujumdan ko‘zlangan maqsad hozircha noma’lum.

Ugerski-Brod shahri meri so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochgan kishi taxminan 60 yoshlardagi mahalliy fuqaro bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?