Buxoro muhandislik-texnologiya institutining yangi o‘quv-laboratoriya binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Davlat rahbarining 2013-yil 15-aprelda qabul qilingan “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan qayta tashkil etilgan mazkur dargohda neft-gaz, kimyo sanoati texnologiyasi, yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari, texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiyalari tizimi, elektr- mexanika va elektr-texnologiya, yengil sanoat mashinalari va apparatlarikabi sakkiz yo‘nalish bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.
Institutning 1000 o‘rinli o‘quv-laboratoriya binosida kimyoviy texnologiyalar fakulteti joylashgan. Unda faoliyat ko‘rsatadigan neft-gaz, kimyo sanoati va texnika xavfsizligi kafedralarining o‘quv-auditoriya va laboratoriyalarida barcha sharoit muhayyo. Jumladan, dars mashg‘ulotlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi M. Esonov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)