Toshkent shahar Yunusobod tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu tumanda yashovchi 45 yoshli fuqaro mast holda o‘z uyida bir tanishi bilan janjallashib qolgan, deb ma’lum qildi IIV rasmiy sayti.
Mast fuqaro o‘zaro janjal oqibatida tanishini to‘mtoq jism bilan urib, tan jarohati yetkazgan va natijada u voqea joyida vafot etgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan harakatlar natijasida aybdor aniqlanib, qo‘lga olindi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)