O‘zbekiston vakili Timur Ochilov 21-fevral kuni Rossiya birinchi kanalining “Tansuy” shou loyihasi saralashidan o‘tib, keyingi bosqichga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Bir daqiqa davomida Ochilov “kontemporari breyk” uslubidagi o‘zining g‘ayrioddiy raqsi bilan hakamlarni lol qoldirdi.
Professional xoreograf, TODES xalqaro baleti asoschisi va badiiy rahbari Alla Duxova, xoreograf Radu Poklitaru, teleboshlovchi Dmitriy Xrustalev, xoreograf Vyacheslav Kulayev bir ovozdan toshkentlik raqqosni keyingi bosqichga o‘tkazdi.
Izoh (0)