“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida 1941−1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga oylik abonent to‘lovisiz har oyda 60 daqiqa bepul mahalliy va shaharlararo muloqot imkoniyati taqdim etiladi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Tegishli tarif rejalarini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilarining tegishli tartibda ulanishini ta’minlash O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlariga va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga topshirildi.
Avvalroq, “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida 1941−1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg‘a qilinishi xabar qilingan edi.
Izoh (0)