“Oskar” mukofotini g‘oliblarga topshirish marosimining transtlyatsiyasi vaqtidagi televizion reklama narxi 30 soniya uchun 1,95 million dollarga yetdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
ABC telekanalining ma’lumotiga ko‘ra bu rekord ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan yilgidan 8 foizga qimmatroqdir. Shuningdek, barcha reklama vaqtlari sotib bo‘lingani ma’lum qilingan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, reklama beruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarni juda qadrlaydilar, chunki tomoshabinlar bunday vaqtdq televizor qarshisidan kamdan-kam uzoqlashadi.
Izoh (0)