Qizini Toshkent Davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritishni niyat qilgan fuqaro oliy o‘quv yurti oldida bir yigit bilan tanishib qoldi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Biroz suhbatlashgach, yigit otaning ishonchiga kirib, o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qizni o‘qishga kiritib qo‘yishi mumkinligini aytdi. Gap orasida u qizning 6500 AQSh dollari evaziga o‘qishga kirib ketishiga kafolat berdi.
Firibgar bir tanishiga mo‘may pul va’da qilib, “domla” rolini o‘ynab berishini so‘radi. Saldan keyin “mijoz”ning shubhalarini yo‘qotish maqsadida “domlaning shogirdi” rolini “domla”ning farzandi o‘ynab berdi.
Biroq firibgarlarning faoliyati tez orada SVOJJDLQK departamentining Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fosh qilindi.
Izoh (0)