O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasi uchun mo‘ljallangan makkajo‘xorini yig‘ish mashinasi yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
Mashinaning vazifasi bargpoya massasining nobudgarchiligini kamaytirish va uni maydalash sifatini oshirish hisobiga so‘talarga ishlov berish sifatini oshirishdan iborat.
K.D.Astanakulov, B.A. Xatamov, O.Sh.Ochildiyev va G.G.Fozilovdan iborat mualliflar guruhi bu foydali model uchun № FAP 00975 raqamli patent oldi.
Izoh (0)