General Motors kompaniyasining sobiq bosh direktori Den Akerson Apple avtomobil ishlab chiqarishdan tiyilib tursa yaxshi bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Thg.ru”.
“Apple aksioneri bo‘lganimda bundan xursand bo‘lmasdim. Men ushbu foydaliligi past va og‘ir biznesga kirishning uzoq muddatli istiqbollariga shubha bilan qaragan bo‘lardim. Ko‘pchilik avtomobil sanoatiday og‘ir ishga aloqasi bo‘lmay turib uni tushunmaydi va yetarlicha baholamaydi”, − dedi Akerson.
Qayd etilishicha, Apple o‘z avtomobilini ishlab chiqayotgani haqidagi xabarlar tarqalgach, kompaniya aksiyalari narxi ko‘tarilib ketgan. Akerson Apple’ga avtomobillar uchun operatsion tizimlar yoki ko‘ngilochar gadjetlar ishlab chiqarish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish yaxshiroq bo‘lishini maslahat bergan.
Izoh (0)