O‘zbekiston bosh prokurorining 13-fevraldagi buyrug‘iga binoan Abduqahhor To‘xtaboyev Navoiy viloyati prokurori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar qildi.
1970-yilda tug‘ilgan Abduqahhor To‘xtaboyev 2012-yildan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.2012-yilgacha esa Toshkent shahar prokuraturasi jinoyat qidiruv bo‘limi rahbari o‘rinbosari va rahbari lavozimlarida ishlagan.
Izoh (0)