Sankt-Peterburg shahrida xoreografiya san’ati bo‘yicha “Peterburg osmoni ostida” (“Pod nebom Peterburga”) nomli xalqaro tanlov o‘tkazildi. Unda Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabalari bosh sovrinlarni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Dilorom Madrahimova hamda Sherzod Kenjaboyev tanlovning “Xalq raqsi” yo‘nalishi bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Dilorom Madrahimova Parij shahrida o‘tkaziladigan xoreografiya san’ati bo‘yicha xalqaro tanlovda bepul ishtirok etish uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Ushbu tanlovda Rossiya, AQSh, Estoniya va boshqa mamlakatlarning sahna ustalari hay’at a’zolari bo‘ldi. Raqs musobaqasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 800 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Izoh (0)