2015-yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fiji Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Seul shahrida) Filimon Kauni qabul qildi, deb xabar berildi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida.
Fijining O‘zbekistondagi birinchi elchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlik masalalari hamda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro muammolar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)