Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida figurali uchish bo‘yicha To‘rt qit’a chempionati yakunlandi. Dunyoning ko‘zga ko‘ringan sportchilari qatorida O‘zbekistondan Misha Ge ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi Olamsport.com.
Mishaning qisqa dasturdagi ishtiroki 7-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Erkin dasturdagi ochkosi bilan qo‘shib hisoblaganda Misha Ge yakunda 226.20 ball bilan 24 nafar ishtirokchi orasida 8-o‘rinni band etdi.
Qozog‘istonlik Denis Ten 289.46 ball bilan To‘rt qit’a chempionati g‘olibiga aylandi. Amerikalik Joshua Farris 260.01 ball bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bronza medali xitoylik Xan Yanga nasib etdi. Chin yurti vakili ikki kurashda 259.47 ball jamg‘ardi.
Izoh (0)