Namangan shahridagi Yong‘in xavfsizligi xizmatiga shahardagi xususiy fotostudiyalardan birida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida tashvishli xabar kelib tushdi, deb yozadi IIV Matbuot xizmati.
Yong‘in o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borishganda, fotostudiya egasining jiyani − 17 yoshli yigit yonayotgan bino ichkarisida qolganligi ma’lum bo‘ldi. Yuzaga kelgan murakkab vaziyatda malakali yong‘in o‘chiruvchilarning oqilona sa’yi-harakatlari natijasida alanga ichida qolgan yigit qutqarilib, kasalxonaga yuborildi va yong‘in tezkorlik bilan o‘chirildi.
Keyinroq yong‘in elektr asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)